Tovar-materiyal qiymatlar (ТМЦ)ga narx qo‘shish va narxlarni belgilash qanday bo'ladi?
Narxlarni samarali boshqarish va turli ish zonalarida qo‘llash uchun siz tovarlar uchun narxlarni belgilashingiz kerak. Ushbu maqolada biz bosqichma-bosqich narxni qanday qo‘shish va shablon yaratishni tushuntiramiz.
Yangi narxni qanday qo‘shish mumkin?
Tashkilotga (Организация) e’tibor bering:

Narxlarni faqat ma’lum bir tashkilot doirasida belgilash mumkin. Narxlarni sozlashdan oldin to‘g‘ri tashkilotda ishlayotganingizga ishonch hosil qiling.
  1. «Справочники – Цены» menyusiga o‘ting.
  2. Ochilgan shaklda «Создать» tugmasini bosing.
Shakl maydonlarini to‘ldirish

Ochilgan shaklda quyidagi majburiy maydonlarni to‘ldirishingiz kerak:

  1. Код: Narxni qidirishda kalit sifatida ishlatiladigan kodni kiriting. Bu maydon tashqi tizimlar bilan integratsiya qilishda ham muhimdir.
  2. Название: Narx nomini kiriting. Bu majburiy qadam, chunki tizimda narxni identifikatsiya qilishda ishlatiladi.
  3. Альтернативное название: Narxning qisqa nomi yoki qisqartmasini kiriting. Ushbu nom mobil ilovada ko‘rsatiladi.
  4. Рабочие зоны: Joriy narx qo‘llanadigan ish zonalarini ro‘yxatdan tanlang. (Izoh: hozir ish zonalari hali yaratilmagan, shuning uchun ularni biriktirib bo‘lmaydi. Ish zonalarini yaratish va ulash 14- va 15-qadamda bajariladi.)
  5. Валюта: Joriy narxga bog‘lanadigan valyutani belgilang.
  6. Статус: Joriy narxni o‘chirishni xohlasangiz, holatni«Неактивный» qilib qo‘ying.
  7. Учитывать номер карточки: Narxni belgilashda karta raqamlarini hisobga olmoqchi bo‘lsangiz, tugmachani «Ha» holatiga o‘tkazing
Narx turini tanlang(тип цены) – asosiy maydonlarni to‘ldirgandan so‘ng, narx turini belgilang:

  • Sotish narxi (Цена продажи): tovarni sotish uchun belgilanadi.
  • Xarid narxi (Цена закупки): tovarni sotib olish uchun belgilanadi.
Shablonni saqlash – barcha maydonlar to‘ldirilgach, narx shablonini yaratish uchun «Сохранить» tugmasini bosing.
Narxlarni qanday belgilash mumkin?
Narxlarni belgilashga o‘ting

  1. Narx shabloni yaratib bo‘lingach, unga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosing, shunda tovarlar uchun «Установка цен» bo‘limiga o‘tasiz.
  2. Ushbu bo‘limda narx berilishi mumkin bo‘lgan tovarlar va materiallar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
  • Ro‘yxatda ko‘rsatilgan har bir tovar uchun tanlangan shablonga mos narxni belgilang.
Eslatma:

Narxlar shakli tizimda ishlatiladigan narx-list shablonlari bo‘lgan ma’lumotnoma hisoblanadi. Avval siz shablonni yaratishingiz, keyin har bir tovar uchun ushbu shablonga mos narxlarni kiritishingiz kerak.

Tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ):
Smartup’dan maslahat:

Agar buyurtma yaratishda narx-list tanlangan bo‘lsa, lekin ma’lum ТМЦ uchun narx ko‘rinmasa, «Цены» bo‘limiga o‘ting va ushbu tovar uchun narx belgilanganligini tekshiring. Ba’zan ma’lum ТМЦ uchun narx narx-listga qo‘shilmagan bo‘lishi mumkin; bunday hollarda narxni qo‘lda belgilash kerak, shunda u buyurtmada to‘g‘ri ko‘rinadi.
34-dan 4-chi qadam