Qanday qilib ta’minotchini (Поставщик) qo‘shish kerak?
Ta’minotchini qo‘shish — bu ta’minotchilar bilan ishlash jarayonini tizimlashtirish, logistika jarayonlarini optimallashtirish va xaridlarni hisobga olishni yaxshilashga yordam beradi.
Biznes uchun afzalliklari
Ta'minotchilar (Поставщик) bo‘yicha yangilangan bazani yaratish orqali siz har bir yetkazib beruvchi bilan mavjud balansni doimo ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi — kimdan va qancha summada xarid qilganingizni, hamda kimga qancha to‘laganingiz yoki hali to‘lashingiz kerakligini bilib turasiz. Bundan tashqari, har bir yetkazib beruvchi bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kiritish orqali siz ushbu yetkazib beruvchidan tovar xarid qilish jarayonini ancha soddalashtirasiz.
Qanday qilib ta’minotchini qo‘shish mumkin?

  • Ta’minotchilar faqat Tashkilot darajasida qo‘shiladi.
Ta’minotchini qo‘shish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
Ta’minotchini qo‘shish bosqichlari

  1. «Склад» bo‘limiga o‘ting.
  2. «Справочники» bo‘limini tanlang.
  3. «Поставщики» bo‘limini tanlang.
  4. «Создать» tugmasini bosing.
Forma to‘ldirish:

1.Тип поставщика— tanlang:
  • Yuridik shaxs
  • Jismoniy shaxs
2.Название — ro‘yxatdan kerakli yuridik yoki jismoniy shaxsni tanlang.
3.НДС — ta’minotchi QQS to‘lovchisi ekanligini ko‘rsating:

Agar kerak bo‘lsa, tumblerni «Да» holatiga o‘tkazing va QQS stavkasini kiriting.

Agar kerakli ta’minotchi ro‘yxatda bo‘lmasa, «Создать» tugmasini bosib, uni qo‘lda qo‘shishingiz mumkin.

Yakunlash
1.«Сохранить» tugmasini bosing. Ta’minotchi endi xaridlar bo‘limida tanlash uchun mavjud bo‘ladi.
Tovar-moddiy boyliklarning (ТМЦ) ni ta’minotchiga biriktirish (xaridlar uchun)

Ma’lum bir ta’minotchidan xarid rasmiylashtirishda kerakli Tovar-moddiy boyliklarning (ТМЦ) larni tanlash imkoniyati bo‘lishi uchun, ularni oldindan shu ta’minotchiga biriktirish kerak.

Tashkilot darajasida quyidagi amallarni bajaring:

  1. Склад → Справочники → Поставщики bo‘limiga o‘ting.
  2. Kerakli ta’minotchini toping va ustiga bir marta bosing (ta’minotchi kartochkasi ochiladi).
  3. Kartochka menyusida «Прикрепить ТМЦ» tugmasini bosing.
  4. «Доступные» bo‘limiga o‘ting, biriktirmoqchi bo‘lgan ТМЦ pozitsiyalarini belgilang va «Прикрепить» tugmasini bosing.
  5. So‘ng «Закрыть» tugmasini bosing.
Endi siz shu ta’minotchidan xaridni rasmiylashtirganingizda, oldindan biriktirilgan ТМЦ lar ro‘yxatdan tanlash uchun mavjud bo‘ladi.
Foydali maslahatlar

Maslahat 1: Ta’minotchini saqlashdan oldin ma’lumotlarning to‘g‘riligini har doim tekshiring — bu dublikatlarning oldini oladi.
Maslahat 2: Ro‘yxatda ta’minotchilarni tez topish uchun filtrlardan va qidiruv funksiyasidan foydalaning.
Maslahat 3: Hamkorlik shartlari o‘zgarganda (masalan, QQS stavkasi o‘zgarsa) ta’minotchilar ma’lumotlarini yangilab boring.
Tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ):
Smartupdan maslahat:

Ta’minotchilar haqidagi ma’lumotlarning dolzarbligini muntazam tekshirib turing va ularni yangilab boring, bu xaridlar va hisobotlarda xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi. Shu tariqa siz har doim aniq va to‘g‘ri ma’lumotlar bilan ishlaysiz, vaqtingizni tejaysiz hamda jarimalardan qochasiz.
34-dan 19-chi qadam