Mijozlar bo‘yicha KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini) qanday o‘rnatish kerak?
Mijozlar bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) turli mijozlar bilan ish qanchalik muvaffaqiyatli kechayotganini tushunishga va savdo nuqtalari bo‘yicha taqqoslama manzarani ko‘rishga imkon beradi. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish savdo jarayoniga samarali o‘zgartirishlar kiritishga yordam beradi va natijada foydani sezilarli darajada oshiradi.
Nima uchun mijozlar bo‘yicha KPI o‘rnatish kerak?

Mijozlar bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) turli mijozlar bilan ish qanchalik muvaffaqiyatli kechayotganini tushunishga va savdo nuqtalari bo‘yicha taqqoslama manzarani ko‘rishga imkon beradi. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish savdo jarayoniga samarali o‘zgartirishlar kiritishga yordam beradi va natijada foydani sezilarli darajada oshiradi.

Siz KPI ni bitta mijozga yoki mijozlar guruhiga nisbatan belgilashingiz mumkin.
Qanday qilib bitta mijoz uchun KPI o‘rnatish mumkin?
Modulga kirish

  1. Avvalo «Торговый маркетинг» → «КПЭ по клиентам» bo‘limiga o‘ting. Ochilgan shaklda
  2. «Создать» tugmasini bosing.
Mijozlar bo‘yicha KPI o‘rnatish

  1. Ochilgan shaklda tushuvchi ro‘yxatdan KPI o‘rnatmoqchi bo‘lgan oyni va KPI belgilamoqchi bo‘lgan mijozni tanlang.
E’tibor bering! KPI yaratishdan avval tizimda ishchi zonalar va mijozlar allaqachon yaratilgan bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatkichlarni kiritish

  1. Ishchi zonani tanlaganingizdan so‘ng, kerakli ko‘rsatkichlarni kiritish uchun jadval paydo bo‘ladi. Smartup tizimida mijozlar uchun KPI’ni quyidagi parametrlar bo‘yicha o‘rnatish mumkin: summa, sotilgan TMT (tovar-moddiy qiymatlar) soni, TMT og‘irligi va muvaffaqiyatli tashriflar soni. Bir nechta parametrni tanlash mumkin, lekin barchasini tanlash shart emas. Kerakli KPI’larni belgilab bo‘lgach, «Сохранить» tugmasini bosing.
Tasdiqlash va saqlash

  1. «Сохранить» tugmasini bosganingizdan so‘ng tizim sizdan tasdiqlashni so‘raydi. Agar sozlamalaringiz to‘g‘ri ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, «Да» tugmasini bosing — shundan so‘ng siz kiritgan ma’lumotlar saqlanadi.
KPIʼni o‘zgartirish yoki o‘chirish

  1. Agar mijoz bo‘yicha KPIʼni o‘zgartirish yoki o‘chirish kerak bo‘lsa, mijozlar ro‘yxati ostidagi tugmalardan foydalaning.
Mijozlar guruhi bo‘yicha KPIʼni qanday o‘rnatish kerak?
Mijozlar guruhi uchun KPI yaratish

  1. Mijozlar guruhi bo‘yicha KPI o‘rnatish uchun «Торговый маркетинг» → «КПЭ по клиентам» bo‘limiga o‘ting.
  2. Shundan so‘ng «Создать» tugmasi yonidagi ochiluvchi ro‘yxatdan
  3. «Создать группу» variantini tanlang.
Ma’lumotlarni saqlash

  1. Kerakli parametrlarni kiritgandan so‘ng ma’lumotlarni saqlash kerak. Buning uchun «Сохранить» tugmasini bosing.
Mijozlar guruhi bo‘yicha KPI nusxalash

Mijozlar guruhi bo‘yicha samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) nusxalashingiz mumkin. Buning uchun «Копировать» tugmasini bosing va ochilgan shaklda nusxalamoqchi bo‘lgan oyning ma’lumotlarini tanlang. Zarur bo‘lsa, olingan parametrlarni tahrirlang.
Guruh uchun ko‘rsatkichlarni kiritish

  1. Ushbu variantni tanlaganingizdan so‘ng, siz mijozlar ro‘yxati bilan jadvalni ko‘rasiz. Shu jadvalga kerakli ko‘rsatkichlarni kiritishingiz mumkin.
Qo‘shimcha funksiyalar

Импорт КПЭ по клиентам– ushbu modulda mijozlar bo‘yicha KPI import qilish funksiyasi mavjud. Import funksiyasidan foydalanish uchun «Создать» tugmasi yonidagi ochiluvchi ro‘yxatdan Import variantini tanlang, shablonni yuklab oling, uni to‘ldiring va yakuniy faylni Smartup tizimiga yuklang.

Загрузка данных за прошлый период – ushbu funksiya sizga KPI o‘rnatishda avvalgi davrlar ma’lumotlariga tayanish imkonini beradi.
Qanday qilib ushbu ma’lumotlarni yuklash mumkin:

  1. Mos oynachaga belgi qo‘ying.
  2. Yuklamoqchi bo‘lgan davringiz uchun boshlanish sanasi va tugash sanasini tanlang.
  3. Ma’lumot turi (o‘rtacha, minimal, maksimal) ni tanlang.
  4. «Загрузить данные» tugmasini bosing.
  5. Yuklash uchun KPI turini tanlang.
  6. «Загрузить» tugmasini bosing.
Процентное соотношение для КПЭ по клиентам – ushbu funksiyadan foydalanishdan avval siz mijozlar bo‘yicha KPI shabloni yaratishingiz kerak. Shu shablonda siz kerakli parametrlar bo‘yicha turli mijozlarga foiz nisbatlarini belgilaysiz.
Foiz nisbatidan qanday foydalanish kerak
  1. «Процентное соотношение» maydonchasiga belgi qo‘ying.
  2. O‘rnatmoqchi bo‘lgan KPI bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarni kiriting. Tizim siz belgilagan KPI shablonidagi foiz qiymatlariga asoslanib, ularni ish zonalari bo‘yicha avtomatik tarzda taqsimlaydi.
  3. «Сохранить» tugmasini bosing.
Foydali maslahatlar

Maslahat 1: KPI samaradorligini muntazam tahlil qiling va ularning tarkibini kerak bo‘lsa, to‘g‘rilang.
Maslahat 2: Turli xil mijoz turlari uchun KPI shablonlaridan foydalaning.
Maslahat 3: KPI’dagi o‘zgarishlarni tezkor nazorat qilish uchun xabarnoma tizimini sozlang.
Tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ):
Smartup tavsiyasi:

Mijozlar bo‘yicha KPI — bu shunchaki raqamlar to‘plami emas, balki samaradorlikni oshirish vositasi. KPI ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri belgilayotganingizga ishonch hosil qiling, ular sizning biznesingiz o‘sishiga yordam beradi.
34-dan 33-chi qadam