Tezkor start- Mobil ilova uchun sozlamalar
Mobil ilova sozlamalari tizimda ilova funksiyalarini tashkilotingiz ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi. Foydalanuvchining roli va vazifalariga qarab, sozlamalar farq qilishi mumkin, bu esa joylarda ishlashni qulay va samarali qiladi.

Mobil ilovani web-versiyani bosqichma-bosqich sozlash
«Администрирование» darajasiga o‘ting.

  1. «Главное» bo‘limini bosing.
  2. «Настройки системы» bo‘limiga o'ting
«Устройства» tanlang.
Fotohisobot (фотоотчёт) sozlamalari

Mobil ilova vizitlarni bajarish jarayonida ishlatiladigan fotohisobotlarni sozlash imkonini beradi. «Настройки фотоотчётов» bo‘limida quyidagi parametrlarni sozlash mumkin:

  • «Водяной знак на фотоотчётах» — ilova orqali olingan fotosuratlarga suv belgisini qo‘shish imkonini beradi.
  • «Разрешить загрузку фото из галереи» — qurilma galereyasidagi fotosuratlarni fotohisobot sifatida ishlatishga imkon beradi.
  • «Выбор качества фото» — fotosurat sifatini tanlash imkonini beradi: SD (standart ruxsat), MEDIUM (o‘rta ruxsat), HD (yuqori ruxsat).
Videohisobot (видеоотчёт) sozlamalari

Ushbu bo‘limda vizit davomida qo‘shilishi mumkin bo‘lgan videohisobotlar uchun parametrlarni sozlash mumkin:
  • «Водяной знак на видеоотчётах» — ilova orqali olingan videolarga suv belgisini qo‘shish imkonini beradi.
  • «Разрешить загрузку видео из галереи» — qurilma galereyasidagi videolarni videohisobot sifatida ishlatishga imkon beradi.
  • «Выбор качества видео» — video sifatini tanlash imkonini beradi: SD (standart ruxsat), MEDIUM (o‘rta ruxsat), HD (yuqori ruxsat).
GPS-kontrol sozlamalari

GPS-kontrol bo‘limida xodimlarning joylashuvini kuzatish parametrlarini sozlash mumkin:

  • «Период автоматической очистки GPS трекинга (в днях)» — GPS-tracking ma’lumotlari tizimdan avtomatik o‘chiriladigan davrni belgilaydi.
  • «Определение местоположения только по GPS» — faqat GPS yoqilgan taqdirda, koordinatalar mobil baza stansiyalari orqali aniqlanishi o‘chiriladi, bu esa aniqlikda ko‘proq xatoliklarga olib keladi.
Tashkilot va asosiy funksiyalar sozlamalari

Tashkilot darajasiga o‘ting.

  1. «Главное» bo‘limini bosing.
  2. «Настройки системы» bo‘limini tanlang.

Bu yerda buyurtmalar va vizitlarni bajarish jarayoniga ta’sir qiluvchi muhim funksiyalarni sozlash mumkin:
  • «Отображать баланс клиента» — mijozning qarzi va oldindan to‘lovini ko‘rsatadi.
  • «Разрешить перевод заказов в архив» — buyurtmani arxivga o‘tkazish imkonini beradi.
  • «Возврат от экспедитора» — ekspeditor viziti vaqtida qaytarishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
  • «Разрешить изменять заказ» — foydalanuvchiga «Новый» va «Черновик» holatidagi buyurtmalarni o‘zgartirish imkonini beradi.
  • «Отложенный заказ» — vizit vaqtida buyurtma yaratishni kechiktirish imkonini beradi.
  • «Разрешить сохранять заказ как черновик» — buyurtmani qoralama holatida saqlash imkonini beradi.
  • «Разрешить консигнацию для ролей» — konsignatsiya funksiyasiga kirish imkonini beradi.
Ma’lumotlarni sinxronizatsiya qilish

Mobil ilovadan ma’lumotlarni sinxronizatsiya qilish uchun quyidagi parametrlarni ishlating:
  • «Автоматическая синхронизация» — ma’lumotlarni belgilangan vaqt oralig‘ida avtomatik sinxronizatsiya qiladi.
  • «Блокировка синхронизации» — ma’lumot yuborishni vaqtincha bloklaydi.
  • «Проверка временной зоны пользователя» — mobil qurilmaning vaqt zonasi va tizim vaqt zonasining mosligini tekshiradi.
Vizitdan oldingi tekshiruv

«Проверка перед визитом» bo‘limida vizitlarni nazorat qilish tartibini sozlashingiz mumkin:

  • «Соблюдать строгий маршрут» — oldindan belgilangan vizit tartibiga qat’iy amal qilish majburiyati.
  • «Разрешить быстрый заказ» — vizitsiz buyurtma yaratish imkonini beradi.
  • «Отключить незапланированный визит» — mobil ilovada mijoz kartasi orqali vizit amalga oshirish imkoniyatini o‘chiradi. Vizitlar faqat marshrut menyusi orqali amalga oshiriladi.
GPS tracking va faoliyat zonalari sozlamalari

GPS va modullar bilan ishlashda ruxsat etilgan maksimal masofalarni sozlash uchun quyidagi parametrlarni belgilang:

  • «Включить GPS трекинг» — xodimlarning harakatini kuzatish imkonini beradi.
  • «Сохранять фото- и видеоотчёты с данными о местоположении» — foto va video hisobot qo‘shilganda koordinatalarni saqlaydi.
  • «Зона действия акции» va «Зона действия визита» — ushbu funksiyani yoqish bilan «Vizit Radiusi» tushunchasi joriy etiladi. Ya’ni, vizit amalga oshirish yoki aktsiya berish faqat belgilangan savdo nuqtasi radiusida mumkin bo‘ladi.
Foydali maslahatlar:

Maslahat 1: foto va video sifatiga e’tibor bering, ularning tashkilotingiz talablariga javob berishini ta’minlang.
Maslahat 2: GPS-kontrol sozlamalarini muntazam tekshirib turing, joylashuvni aniq kuzatayotganingizga ishonch hosil qiling.
Maslahat 3: tizimning uzluksiz ishlashi uchun avtomatik ma’lumotlar sinxronizasiyasini sozlang.
Tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ):
Smartup tavsiyasi:

Buyurtma berilgan va vizit amalga oshirilganidan so‘ng, barcha olingan ma’lumotlarning dasturga to‘g‘ri kirishi va web-versiyada yangilanishi uchun kun davomida sinxronizatsiya o‘tkazishni qat’iyan tavsiya qilamiz. Agar ТМЦ uchun fotosuratlar yuklangan bo‘lsa, mobil internet trafikini ortiqcha sarflamaslik uchun ularni Wi-Fi orqali yuklashni tavsiya qilamiz.
34-dan 23-chi qadam