«Главное» bo‘limida «Организации» tanlang va kegin «Создать» tugmasini bosing.
Maydonlarni to‘ldiring:
Название организации. Tashkilotingizning rasmiy nomini kiriting.
Базовая валюта.Tizimda barcha moliyaviy operatsiyalar o‘tkaziladigan valyutani tanlang. (Muhim! Saqlangandan so‘ng asosiy valyutani o‘zgartirish mumkin emas.)
Часовой пояс. Hodimlarning ish joylarida vaqtni aniq belgilash va hujjatlardagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun vaqt mintaqasini ko‘rsating.
Статус. Tashkilotingiz tizimda faol yoki nofaol ekanligini belgilang.
Порядковый номер. Agar ro‘yxatda bir nechta tashkilot mavjud bo‘lsa, ularni tartiblash uchun raqam kiriting.
Юридическое лицо. Qaysi yuridik shaxs tashkilot egasi ekanini ko‘rsating. Buning uchun tashkilot yaratish formasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik shaxs yaratish formasiga o‘tishingiz mumkin.
Альтернативное название.Agar tashkilot boshqa nomga ega bo‘lsa, uni ham kiriting.
Налог на добавленную стоимость (НДС). Agar tashkilotingiz QQS to‘lovchisi bo‘lsa, tugmachani yoqing va tegishli stavkani ko‘rsating.
Акцизный налог. Agar tashkilotingiz aksiz solig‘i to‘lovchisi bo‘lsa, tugmachani yoqing va stavkani kiriting.
Asosiy valyutani tanlash
Asosiy valyutani ko‘rsatgandan so‘ng, u tashkilotingizning barcha buxgalteriya hisobotlari yuritiladigan valyutani belgilashini tushunish muhim. Ushbu valyuta barcha moliyaviy operatsiyalar uchun qo‘llaniladi va saqlangandan so‘ng uni o‘zgartirish mumkin emas.
«Yuridik va Jismoniy shaxslar» ma’lumotnomalarini to‘ldirish. Tashkilotni yaratishni yakunlash uchun siz yuridik va jismoniy shaxslar haqidagi ma’lumotlarni tegishli ma’lumotnomalarga qo‘shishingiz kerak.
Saqlash turi – «Yuridik shaxs». Agar STIR (INN) kiritilsa, qidiruv orqali avtomatik ravishda tegishli STIR ma’lumotlari to‘ldiriladi.
Yuridik shaxsning to‘liq nomini kiriting.
Agar mavjud bo‘lsa, muqobil nomini ko‘rsating.
Holatinibelgilang (Faol/NoFaol). STIR va OKEDni kiriting. Qidiruv tugmasini bosib, STIR orqali rekvizitlarni avtomatik to‘ldirish mumkin.
Agar bu sho‘ba korxona bo‘lsa (дочерняя компания), egasini ko‘rsating. Diqqat: agar egasi moliyaviy javobgar bo‘lsa, barcha o‘tkazmalar uning hisobiga yoziladi.
Rahbarni jismoniy shaxslar ro‘yxatidan tanlang.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni kiriting: hisob raqami, mo‘ljal, GPS-koordinatalar va soliq to‘lovchi kodi.
Shuningdek, oynaning pastki qismida quyidagilarni qo‘shish mumkin:
Hisob raqami,
Yuridik shaxsga oid tegishli fayllar,
Izoh qoldirish.
“
Muhim eslatma!
Tashkilotni yaratishda asosiy valyutani diqqat bilan tanlang, chunki uni saqlagandan keyin o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi. Barcha moliyaviy operatsiyalar aynan shu valyutada yuritiladi. ✅
Tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ):
Yo‘q, bazaviy valyutani faqat tashkilot yaratish bosqichida tanlash mumkin, saqlangandan keyin uni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Ha, tashkilotga tegishli yuridik shaxsni ko‘rsatish zarur. Siz tashkilot yaratish formasidan bevosita yangi yuridik shaxs yaratishingiz mumkin.
“
Foydali maslahat:
Kelajakda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun rahbar sifatida ko‘rsatiladigan yuridik shaxs va jismoniy shaxsni to‘g‘ri kiritish juda muhim. ✅